Harvard Business Review keksayiş AQŞ mehnat resurslarini qanday özgartirişi borasida keng tasavvurni hosil etuvçi sörovnoma natijalarini taqdim etdi.

Yer aholisi keksaymoqda. AQŞ aholisi esa juda tez qariyapti. Ma'lumotlar esa turli soha va avlod vakillari bölgan işçilar uşbu demografik siljişning oqibatlarini his etişayotganini körsatmoqda. Natijada ularning keksayiş va nafaqaga çiqişga bölgan munosabati özgarmoqda.
Odamlar nafaqaga qaçon çiqişmoqçi? Keksalik uçun qaçon pul jamğarişni boşlaşadi? “Keksalik” özi qaçon boşlanadi? Yoki yanada muhim jihat, neça yoşda işlaşni töxtatiş kerak? Odamlar nafaqadagi hayotidan nimalarni kutadilar? Ularga iş beruvçilar qanday yordam beradilar (yoki yordam bermaydilar)?
AQŞ mehnat bozorida sodir bölayotgan voqealar va buning odamlar hayotidagi oqibatlarini yaxşiroq tuşuniş uçun köplab manbalarni umumlaştirdik. Bu yerda keltirilgan jadvallar optimizmni ham, pessimizm va noaniqlikni hamda turli avlodlarning qaraşlaridagi tafovutlarni aks ettiradi. Kimnidir raqamlar xayron qoldirsa, boşqalarni öylaşga majbur qiladi.
Milleniallar — umidsiz optimistlar

Manba: «18th Annual Transamerica Retirement Survey of Workers», Transamerica Institute, 2017
Hozirda işlayotgan jami amerikaliklarning 90 foizga yaqini ertami-keç işdan ketişni maqsad qilgan. Biroq karerani rejaga asosan yakunlaşning aniq yoşi avlodga boğliq. Milleniallar aqlbovar qilmas darajada optimist: ulardan yarmidan köproği 65 yoşgaça nafaqaga keta olişlariga işonadi. Biroq iqtisodiy va demografik trendlar buning aksini körsatmoqda. Bunday nomuvofiqlik qayerdan paydo bölgan? Ehtimol, milleniallar uçun nafaqa haqida işonç bilan fikrlaşga hali ança vaqt bordir.
Aytgança, nafaqa deganda nimani nazarda tutamiz? Har beşinçi millenial nafaqaga çiqqaç, töliq iş kunida işlaşda davom etişni rejalaştiradi. Bu bizni atamalar haqida çuqurroq öylaşga majbur qiladi: nafaqaga çiqiş işlaşga majbur bölgan davr va işlaş yoki işlamaslikni özimiz tanlaydigan davr örtasidagi çegaraga aylanib qolmaydimi?












