Bugun, 15 iyul kuni “Xalqaro press klub”ning navbatdagi, Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida" farmoniga bağişlangan sessiyasi bölib ötdi.
Unda ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tuşgan eng kam maoş qança bölişi va uning EKIHdan farqi töğrisidagi savolga Moliya vaziri örinbosari Şohrux Şorahmetov şunday javob berdi:
– Eng kam iş haqi bu bir me'yor bölib, amalda mehnatga bunday miqdorda haq tölanmaydi. Bu me'yoriy körsatkiç jarimalar, bojxona va adliya organlari tölovlari, soliqlar kabi tölovlar miqdorini aniqlaş uçun işlatiladi hamda 2019 yilning 1 avgustidan boşlab 223 ming sömni taşkil qiladi.
Endi mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga kelsak, bu mehnat kodeksining 153-moddasiga köra 1 sentyabrdan boşlab 634 883 sömni taşkil qiladi. Ya'ni bir oy işlagan xodimga xoh u davlat taşkiloti bölsin, xoh nodavlat, bundan kam miqdorda haq tölaş mumkin emas. Maoşning yuqori çegarasi esa belgilanmagan.
“Agar bundan kam maoş berişsa, kimga murojaat qiliş kerak?”- degan savolga javoban Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri örinbosari Bahodir Umrzoqov:
– Bunday hollarda vazirligimizga va uning qoşidagi Mehnat inspeksiyasiga murojaat qiling. Bizga maoşlar miqdorini nazorat qilib boriş vakolati berilgan. Iş beruvçining xodimga yuqoridagi miqdorda kam iş haqi tölagani aniqlansa, inspeksiyamiz jiddiy jarimaga tortadi- deya javob berdi.

















