Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yil boshidan buyon O‘zbekiston Tojikistonga 8,7 mln dollarlik 70 mln kub metr gaz sotdi
Foto: RIA Novosti
Joriy yil boshidan beri tojikistonlik iste'molchilar O‘zbekistondan 8,7 mln dollarlik qariyb 70 mln kub metr tabiiy gazni qabul qilib oldilar. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bermoqda.
«Tojiktransgaz» OAJ bosh direktori birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzodaning xabar qilishicha, O‘zbekistondan gaz yetkazib berish tiklangan o‘tgan yil davomida import 54 mln kub metrni tashkil etgan.
Shoimzoda so‘zlariga ko‘ra, Tojikistonda hozir asosan sanoat korxonalari o‘zbek gazi iste'molchilari hisoblanadi.
«Gaz yetkazib berish jarayoni olti yildan ortiq vaqt mobaynida to‘xtatib qo‘yilgani sababli, mamlakat ichidagi infratuzilmani tiklash va yetkazib berishni bosqichma-bosqich oshirish uchun katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishimiz kerak», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
O‘tgan yilning aprel oyi boshida O‘zbekiston tabiiy gazi olti yillik tanaffusdan so‘ng yana Tojikistonga yetkazib berila boshlandi.
O‘zbekiston gazining asosiy iste'molchisi Tojikiston alyuminiy kompaniyasi bo‘lib, umumiy ta'minotning taxminan 80 foizi uning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
12:57 / 07.09.2025
“Sibir kuchi–2” bitimiga Tramp turtki berdimi?
14:25 / 05.09.2025
Andijonda yonilg‘i tashuvchi avtomobildan gazni to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqdi
12:29 / 04.09.2025