OFKning Kuala-Lumpurdagi shtab-kvartirasida 2022 yilgi Jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogining saralash musobaqasi 2-bosqichiga qur'a tashlandi.

O‘zbekiston milliy jamoasi qur'ada Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalari bilan birga «D» guruhidan joy oldi.

Qur'a natijalari quyidagicha:

«A»: Xitoy, Suriya, Filippin, Maldiv, Guam
«B»: Avstraliya, Iordaniya, Xitoy Taypeyi, Kuvayt, Nepal
«C»: Eron, Iroq, Bahrayn, Hongkong, Kamboja
«D»: Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Falastin, Yaman, Singapur
«E»: Qatar, Ummon, Hindiston, Afg‘oniston, Bangladesh
«F»: Yaponiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Myanmar, Mo‘g‘uliston
«G»: BAA, Vetnam, Tailand, Malayziya, Indoneziya
«H»: Janubiy Koreya, Livan, KXDR, Turkmaniston, Shri-Lanka

2-bosqich o‘yinlari shu yil 5 sentyabrdan boshlanib, 2020 yil iyunigacha davom etadi. Yakunda 8ta guruh g‘oliblari va 2-o‘rin egalaridan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 4ta jamoa (jami 12ta terma) JCh saralashining keyingi bosqichiga chiqadi va Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Taqvimga asosan, O‘zbekiston milliy jamoasi saralashni 5 sentabr kuni safarda Falastinga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

10 sentyabrga belgilangan 2-tur bahslarida esa Ektor Kuper jamoasi qatnashmaydi. Oktabr oyida Yaman, noyabrda esa Saudiya Arabistoni va Falastin termalari Toshkentda mehmon bo‘ladi.

So‘nggi turda guruh favoritlari to‘qnashuvi kuzatiladi – 2020 yil iyunida O‘zbekiston Saudiya Arabistoni mehmoni bo‘ladi.

5 sentabr
Falastin – O‘zbekiston
Singapur – Yaman

10 sentabr
Yaman – Saudiya Arabistoni
Singapur – Falastin

10 oktabr