2019 yilning 16 iyul kuni 17:45da Toşkent viloyati Parkent tumani Söqoq qişloği, “Şoşma” MFY, Yangixayot köçasida joylaşgan ikki qöşni uylarda yonğin sodir bölgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabar qilmoqda.
Voqea joyiga 5 ta yonğin öçiriş bölinmalari yuborilgan. Bölinmalar yonğin joyiga yetib borib, tezkor harakatlar natijasida yonğin bartaraf etilgan hamda yonğinda fuqarolarni tan jarohati olişlari va halok bölişlari qayd etilmagan.
Yonğin oqibatida fuqarolar N.Q. va P.Q. uylarining 95 kv metr maydondan tomi, şifti va uy jihozlari yonib zararlangan. Yonğindan uylarning 170 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Hodisaning kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

















