Jizzax viloyatining Foriş toğ poligoniga respublika naşrlarida faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar taklif qilindi. Mudofaa vazirligi va Markaziy harbiy okrug qömondonligi taşabbusi bilan ötkazilgan musobaqaga 20 ga yaqin iştirokçilar töplandi.
Musobaqa şartlariga köra, jurnalist va blogerlar poligonda öq otiş maşqlarini bajarib, merganlik qobiliyatini sinovdan ötkazişdi. Şu bilan birga, musobaqa iştirokçilari jangovar texnikalardagi ekipaj tarkibida 10 kmga harakatlanişdi. Harbiylarning hayot tarzi, harbiy texnikalar bilan tanişdi.
«Bugungi şaroitlar va mavjud salohiyatdan kelib çiqib bemalol aytiş mumkinki, armiyamizdan faxrlansak arziydi. Mudofaa vazirligi taşabbusi OAV vakillari kömagida armiyamizni xalqqa har tomonlama yaqinlaştirişni niyat qilganmiz. Aytaylik, ilgari heç kim harbiy poligonga yaqinlaşmagan bölsa, hozir bu yer istovçilar uçun oçiq, kelsin körsin, vatan himoyaçilaridan faxrlansin», – deydi Markaziy harbiy okrug qömondoni, polkovnik Oybek Saidov.
Otiş tayyorgarligidan eng yuqori natija körsatgan jurnalist va blogerlarga qömondonning maxsus sovğalari, barça iştirokçilarga esa esdalik sovğalar tarqatildi. Ma'lumot uçun, Markaziy harbiy okrug 2017 yilda taşkil etilgan bölib, uning tarkibiy bölinmalari Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlarida joylaşgan.

























