Milliy olimpiya qömitasi majlislar zalida Özbekiston öq otiş sporti federatsiyasining navbatdan taşqari IX Konferensiyasi bölib ötdi. Konferensiya işida Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Rustam Şoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Oybek Qosimov, MOQ vitse-prezidenti Azizjon Komilov, Özbekiston öq otiş sporti federatsiyasi mutasaddilari, federatsiyaning mintaqaviy bölimi rahbarlari, murabbiylar, sportçilar va Ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.

Konferensiya kun tartibidagi asosiy masala federatsiyaga yangi rais va uning birinçi örinbosarini saylaşdan iborat edi. Konferensiyani olib borgan taşkilot boş kotibi J.Atabullayev federatsiya raisligiga Özbekiston Respublikasi innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari Oybek Qobiljonoviç Norinboyev nomzodini taklif qildi. Konferensiya iştirokçilari uşbu nomzodni bir ovozdan qöllab quvvatlaşdi va Oybek Norinboyev Özbekiston öq otiş sporti federatsiyasi raisi etib saylandi.

Raisning birinçi örinbosari lavozimiga esa Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta'minlaş böyiça örinbosari Doniyor Baxtiyoroviç Qodirov nomzodi ilgari surildi. Delegatlar bu nomzodga ham işonç bildirişdi va Doniyor Qodirov bir ovozdan Özbekiston öq otiş sporti federatsiyasi raisining birinçi örinbosari etib saylandi.

Şundan söng, MOQ rahbari Rustam Şoabdurahmonov söz olib, federatsiyaning yangi saylangan rahbarlarini Milliy olimpiya qömitasi nomidan tabrikladi.

Federatsiyaning yangi rahbari Oybek Norinboyev işonç uçun minnatdorçilik bildirar ekan, jumladan şunday dedi:

“Oldimizda nihoyatda mas'uliyatli vazifa turibdi. Barçamiz birgalikda harakat qilsak közlagan maqsadimizga yetişimizga işonçim komil. Biz hamjihatlikda uşbu sport turini yangi bosqiçga olib çiqişimiz kerak. Öşandagina Olimpiya va Osiyo öyinlari, jahon va qit'a çempionatlarida ğalabalar öz özidan keladi. Menga bildirilgan yuksak işonç uçun Prezidentimizga, Milliy olimpiya qömitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga öz minnatdorçiligimni izhor etaman. Işonçni oqlaş uçun bor imkoniyatimni işga solişga va'da beraman”, - deya öz sözini yakunladi Özbekiston öq otiş sporti federatsiyasining yangi saylangan raisi.