Joriy yil 26 sentabrdan “Turizmning yangi turlarini joriy qiliş hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori kuçga kirdi. Qaror bilan 2025 yil 1 yanvardan mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun turizmning yangi turlari joriy qilinmoqda, xususan:
- mahsulot işlab çiqariş jarayonlari bilan tanişişni nazarda tutuvçi sanoat turizmi;
- oltin, ruda va boşqa mineral resurslar qazib oluvçi konlar, şaxtalar, faoliyat yuritmayotgan geologik obektlarida texnologik jarayonlarni, şu jumladan, toğ jinslarini portlatiş tadbirlarini bexatar masofadan kuzatiş, mutaxassislar bilan muloqot qiliş, toğ releflari böyiça ekskursiyalarni taşkil qilişni nazarda tutuvçi geologiya turizmi;
- ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, observatoriyalar hamda planetariylar, Fanlar akademiyasi va uning tizimidagi taşkilotlarga taşrif buyuriş orqali fan va texnika yutuqlari bilan tanişişni nazarda tutuvçi ilmiy turizm;
- harbiy tarix va faoliyat bilan boğliq joylarga taşrif buyuriş, yodgorliklar va tadbirlarda qatnaşiş, harbiy xizmatçilar hayoti va şaroitlari bilan yaqindan tanişiş, hududlarda turistlarga öq otiş böyiça pulli xizmatlar taşkil qilişni nazarda tutuvçi harbiy turizm;
- mamlakatning siyosiy hayoti, davlat organlari va taşkilotlarining tarixi va faoliyatini aks ettiruvçi joylarga, xususan, hukumat bino va inşootlariga taşrif buyurişni öz içiga olgan davlat-boşqaruv turizmi.
Uşbu yangi turistik xizmatlarni joriy qiliş, tartib-qoidalarini işlab çiqiş hamda tuşayotgan mablağlardan samarali foydalanişga quyidagi vazirliklar va taşkilotlar mas’ul etib belgilangan:
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Investitsiyalar, sanoat va taşqi savdo vazirligi;
- Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi;
- Mudofaa vazirligi;
- Adliya vazirligi;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
- Fanlar akademiyasi;
- Savdo-sanoat palatasi. Uşbu idoralar ikki oy muddatda uşbu tegişli idoraviy hujjat qabul qilişi kerak.
Şuningdek, qaror bilan Mudofaa vazirligining 2025 yil 1 yanvardan boşlab mahalliy va xorijiy turistlarga quyidagi xizmatlarni körsatiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi:

















