Özbekistonning Madrid şahridagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, 2019 yil 15 iyul kuni Faro provinsiyasida (Portugaliya) yurak xuruji natijasida Özbekiston fuqarosi S.A. vafot etdi.
Hozirda elçixonaning Konsullik bölimi Portugaliyadagi özbek diasporasi bilan birgalikda marhum vatandoşning jasadini vatanga yuboriş bilan boğliq konsullik-huquqiy va boşqa masalalarni hal qilmoqda, deyiladi TIV xabarida.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Ispaniya va Portugaliyada bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarurat tuğilgan holatlarda Madrid şahridagi mamlakat elçixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan: +34-91-310-16-39.
Portugaliyada Özbekiston fuqarosi piçoqlab ketildi











