Toşkentdagi klinikalardan birida şifokor ota-onasi tomonidan klinik ölim holatida (nafas olişi töxtab qolgan) olib kelingan bolakayning hayotini saqlab qoldi. Bu holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Qayd etilişiça, holat poytaxtdagi xususiy klinikalardan birida yuz bergan. Sergey Vladimiroviç ismli şifokor aslida reanimatolog emasligi, biroq klinik ölim holatida olib kelingan 2 yoşli bolani qutqarib qolgani aytiladi.

Ma'lumot uçun: klinik ölim - qon aylanişi va nafas yöqligida boş miya pöstloğining yaşaş vaqti bilan belgilanadi. Klinik ölim biologik ölimdan farqli reanimatsiya çora-tadbirlari ötkazilganda bemor hayotga qaytişi mumkin. Klinik ölim organizmning asosiy hayot faoliyatining (qon aylanişi, nafas olişi) töxtagan vaqtidan boşlanib, boş miya pöstloği hujayralarining nobud bölişigaça davom etadi. Bu davr reanimatsiya tadbirlari ötkazilganda (nafas va qon aylanişi tiklanganda) boş miya pöstloği faoliyati tiklanişi mumkin. Klinik ölim davomiyligi odatda 5-6 daqiqa davom etadi.