20 iyul kuni soat taxminan 18:02da Çilonzor tumanida, «Algoritm» zavodining orqa tomonida joylaşgan elektr podstansiyasida yonğin çiqdi.
«2019 yilning 20 iyul kuni soat 18:02da, Çilonzor tumani, Diydor köçasi 71-uyda, «Algoritm» zavodining orqa tomonida joylaşgan (110/10 kV) «Algoritm» elektr podstansiyasi hududidagi (16000 kVt) transformator moyi yongan.
Yonğin öçiriş jangovar bölinmalari çaqirilgan manzilga soat 18:04da yetib borgan va körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 18:32da öçirilgan. Yonğin joyiga 4ta yonğin öçiriş texnikasi jalb qilingan. Tan jarohati olganlar va halok bölganlar yöq. Yonğin elektr ta'minotida ortiqça yuklaniş oqibatida sodir bölgan deb, taxmin qilinmoqda. Yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladiÖzbekiston Respublikasi FVV OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabarida.
Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati şahar Elektr tarmoqlari korxonasiga asoslanib yonğin oqibatida Algoritm-30 va 31-dahalarida elektr ta'minotida uziliş yuz bergani haqida ma'lum qildi.
«Toşkent şahar Elektr tarmoqlari korxonasining xabariga köra, Çilonzor tumani, «Algoritm» podstansiyasida yuqori kuçlanişli transformatorning şikastlaniş oqibatida «Algoritm» 30-31-dahalarida elektr energiyasida vaqtinça uziliş bölgan.
Hozirda ta'mirlaş işlari olib borilayotgan bölib, soat 24:00da elektr energiyasi ta'minoti töliq tiklanadi.
Yuzaga kelgan noqulaylik uçun mazkur dahalarda yaşovçi hamşaharlarimizdan uzr söraymiz», deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

















