Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Britaniya tankerini ushlaganidan so‘ng «turli ssenariylar»ga tayyorligini bildirdi
Tehron o‘z pozitsiyasida qat'iy qoladi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Britaniyaning Stena Impero tankeri ushlanganidan keyingi "turli ssenariylar"ga tayyor, dedi Eronning Buyuk Britaniyadagi elchisi Hamid Baidinajod.
"Buyuk Britaniya hukumati Eron va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi mavjud keskinlikni oshirishni istayotgan ichki siyosiy kuchlarni to‘xtatishi lozim. Bu ancha xavfli va mintaqa uchun og‘ir bo‘lib turgan hozirgi vaqt uchun oqilona ish emas. Ammo Eron o‘z pozitsiyasida qat'iy va turli ssenariylarga tayyor", — deb yozdi u Twitter sahifasida.
Eron va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar 4 iyulda Gibraltar hukumati Grace 1 tankerini qo‘lga olganidan so‘ng keskinlashdi. Tanker Erondan ikki million barrel neft olib Suriyaga olib ketishda gumonlandi. Ammo Tehron bu ma'lumotni rad etdi.
Juma kuni Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Britaniyaning Stena Impero tankerini qo‘lga oldi.
OAV xabarlariga qaraganda, Buyuk Britaniya Tehronga qarshi diplomatik va iqtisodiy sanksiyalar kiritishi mumkin.
Mavzuga oid
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026
Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obektlarini nishonga oldi
12:20 / 08.07.2026
AQSh Eron bilan neft bo‘yicha kelishuvni bekor qildi
11:56 / 08.07.2026