To‘satdan boshlanuvchi bosh og‘rig‘i qayerdan paydo bo‘ladi? Nega ba'zan uxlash va uyqudan uyg‘onish qiyinlashib qoladi? Xavotir va tushkunlik hissining sababi nima?

Aksariyat kishilar bu kabilarni havo o‘zgarishlari, og‘ir o‘tgan ish haftasidan keyingi charchoq yoki shunga o‘xshash boshqa bir narsa bilan bog‘lashadi. Lekin biz umuman ahamiyatimizni qaratmaydigan doimiy tanovul qiluvchi mahsulotlarimiz ichki tuyg‘ular va salomatlikka o‘zining ma'lum ta'sirini o‘tkaza oladi.

Quyida ilmiy izlanishlar natijasi orqali aniqlangan bizning shashtimizni so‘ndiruvchi ba'zi mahsulotlar keltirilgan. So‘ng esa aksincha, kuch va g‘ayratni orttiruvchi oziq-ovqatlar haqida ma'lumot beramiz.

Salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar

Kundalik tanovulimizdan o‘rin olgan ba'zi oziqlar kayfiyat va o‘zini his qilishga zararli ta'sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Aynan ular sababli bosim ostida qolish yoki oddiy harakatlarni ham ko‘ngildagidek bajara olmaslik holatiga tushib qolish hissini boshdan o‘tkazishingiz mumkin.

1. Tozalangan oq un

Aralashmalardan tozalangan oq undan tayyorlangan makaron yoki xamirli taom iste'moli tushkunlikni oshirishi mumkin. Bu taom tarkibidagi yuqori glikemik indeks bilan bog‘liq: organizmga tushgandan so‘ng, u shakarga aylanadi. Qonda glyukoza miqdorining keskin ko‘tarilishi ro‘y berib, behalovatlik va xavotirni tezlashtiruvchi moddalarga aylanishi kuzatiladi.

2. Shirin ichimliklar

Gazlangan, energetik va mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan ichimliklar, qoida bo‘yicha, ortiqcha vazn va hajmni keltirib chiqargani uchun qoralanadi. Kola va shunga o‘xshash ichimliklarning asosiy tarkibiy qismi — 45 foizi glyukoza va 55 foizi fruktozadan tashkil topgan jo‘xori siropi hisoblanadi. Fruktozaning muntazam iste'moli natijasida qon bosimi va qon tarkibidagi yog‘lar miqdori oshib borishi arterial gipertenziya (qon bosimi oshishi), Alsgeymer kasalligi va hattoki, demensiyaga (tafakkur yo‘qolishi, aqliy noqislik) ham yetaklashi mumkin.

3. Makrel, akula va baliqning ba'zi turlari