Şu yilning 6-8 sentabr kunlari Xiva şahrida «Xalqaro kamondan otiş va milliy öyinlar festivali» ötkaziladi.

Bu sport musobaqasini yuqori saviyada taşkil qiliş va ötkaziş maqsadida Butunjahon Etnosport Konfederatsiyasi (BEK) tajribasiga tayanilmoqda. Şu sababli, 19 iyul kuni Xorazm viloyatiga Turkiyadan BEK rahbari, Kamonçilar fondi vasiylik kengaşi raisi, Turkiya yoşlar fondi Oliy maslahat kengaşi a'zosi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning öğli Bilol Erdöğan boşçiligida bir guruh mehmonlar taşrif buyurişdi, deb xabar beradi Xorazm viloyati Turizmni rivojlantiriş departamenti matbuot xizmati.

Turkiya delegatsiyasining Xorazm vohasiga taşrifidan maqsad özaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, ularni yangi bosqiçga olib çiqiş, şuningdek Xiva şahrida kamondan öq otiş böyiça ötkaziladigan xalqaro turnirga bağişlangan konferensiyada iştirok etişdan iborat.

Taşrif avvalida Turkiyalik mehmonlar mazkur sport festivali ötkaziladigan «Içan-Qal'a» davlat muzey qöriqxonasi hududini közdan keçirişdi. Şu qatorda mehmonlar «Içan qal'a»dagi Köhna ark, Pahlavon Mahmud majmualari, Qozi Kalon madrasasi, Kalta minor yodgorligi va boşqa diqqatga sazovor joylar bilan tanişişdi.

Şundan söng, mehmonlar «Nurillaboy» saroyida kamondan öq otiş sport turi böyiça xalqaro turniriga bağişlangan konferensiyada iştirok etişdi.



















