08:56 / 21.07.2019
25896

Xitoylik o‘quvchi ikkita samolyotni olib qochdi

Xitoyda 13 yoshli o‘quvchi ikkita kichik samolyotni olib qochdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, o‘smir kechasi ekskursiya byurosiga tegishli angarga kirib, u yerdagi kichik o‘lchamdagi samolyotlardan biriga o‘tirib, uni avtoturargohga olib chiqqan va uchirishga uringan. O‘smir tezda boshqaruvni yo‘qotib, to‘siqqa borib urilgan. Shundan keyin kichik yoshli olibqochuvchi boshqa samolyotga o‘tirib, yana bir bor “omadini” sinab ko‘rishga qaror qilgan. U samolyotda avtoturargohda bir nechta aylana bajarib, uni o‘sha yerda tashlab ketgan.

Byuro xodimlari bo‘lgan voqeadan ertalab ishga kelgachgina xabar topishgan. Keyinroq o‘smir politsiya tomonidan ushlangan.

Byuro muhandislaridan biri voqeadan bir kun avval bola samolyot dvigatelining ta'mirlanishi ortidan kuzatib turganini eslagan. Ta'kidlash joiz, o‘smirga samolyotni qanday boshqarishni tushunib olishiga bir necha soat yetgan.

Politsiyada o‘quvchi qilmishini tan olib, otasi va opalarining bundan xabari yo‘qligini aytgan. Samolyot egalari bolaning otasidan yetkazilgan zarar uchun 8 ming yuan talab qilishgan, biroq u 2 ming yuangina to‘lab bera olgan.

 

Top