22 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xöjayev iştirokida «Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, şuningdek, iste'mol savatçasi hisobi hamda tirikçilik uçun zarur eng kam miqdor» mavzusida OAV vakillari bilan muloqot bölib ötdi.

2030 yilgaça möljallangan Milliy rivojlaniş konsepsiyasi bilan taniştirarkan vazir tariflar masalasiga alohida töxtalib ötdi.

«Hozirgi narxlar bilan iqtisodiyotda ösişni rejalaştirib bölmaydi. Misol uçun, biz ming kubometr gazni xorijga 128 dollardan eksport qilyapmiz, aholiga esa xuddi şu gaz 41 dollardan yetkazib berilyapti. Şuningdek, bizda gaz qazib oliş tannarxi ham juda baland. 2030 yilgaça sanoat hajmi rejamizga köra har yili 4 foizdan oşib borsagina biz belgilangan maqsadimizga erişamiz», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Sanoat korxonalariga yuqori tariflar belgilay turib, qanday qilib işlab çiqariş hajmini oşiriş mumkinligi haqidagi savolga Botir Xöjayev şunday javob berdi: «Iqtisod qiliş orqali. Menga televizor orqali namoyiş qilinadigan bir rolik juda yoqadi. Bir xonadonda barça çiroqlar, gaz yonib turibdi, jömrakdan suv behuda oqib yotibdi. Şunda barça narsa öçirilib, iqtisod qiliş zarurligi uqtiriladi. Tariflar oşişi aynan energotejamkor texnologiyalar qöllanişiga sabab böladi. Biz 2022 yilgaça energiya tejamkorligi konsepsiyasini işlab çiqariş ustida işlayapmiz. Lekin energoresurslar narxlari keskin oşib ketişini kutiş töğri bölmaydi. Sababi, biz aholining imkoniyatlarini ham unutmasligimiz lozim. Bu bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi».

Energoresurslar tariflarini belgilaş nimalarga asoslanişi töğrisidagi savolga vazir «iqtisodiyot vazirligi bu jarayonda iştirok etmaydi» degan javob bilan çeklandi.