Fransiya mudofaa vazirligi 22 iyulda 1968 yil yanvarda Tulon porti yaqinida yöqolgan “Minerva” suv osti kemasi topilganini e'lon qildi.    

“Bi-bi-si” telekanalining xabar berişiça, suv osti kemasida 52 kişi bölgan. Mutaxassislarni uni qidirişga suv osti kemasida bölgan dengizçilarning yaqinlari köndirişgan.    

Qidiruv jamoasi fojia va suvning kötarilişi hamda qaytişi haqidagi ma'lumotlarni yana bir bor tahlil qilib çiqqan. Kemani AQŞning xususiy kompaniyasiga tegişli kema a'zolari aniqlaşgan. OAVda ta'kidlanişiça, “Minevra” Tulondan 45 km uzoqlikda 2370 metr çuqurlikda topilgan. 

Suv osti kemasi bilan nima yuz berganini aniqlaşning imkoni bölmagan. Ba'zi mutaxassislar uning halokatiga boşqaruv rulidagi texnik muammolar, boşqa suv osti kemasi bilan töqnaşuv, torpedo portlab ketişi yoki kislorod beriş tizimidagi nosozlik olib kelgani taxminlarini ilgari surişgan.  

1960-yillarda suv osti kemalari bilan bir neçta fojia yuz bergan. Jumladan, 1963 yilda AQŞning bortida 129 dengizçi bölgan USS Thresher, 1968 yilda bortida 99 kişi bölgan USS Scorpion, Isroilning “Dakar” (1968 yilda yöqolgan, bortida 69 kişi bölgan) suv osti kemalari halokatga uçragan. “Dakar” 1999 yilda Krit yaqinida topilgan.

Şuningdek, 1968 yilda Tinç okeanining şimoliy qismida sobiq ittifoqning K-129 suv osti kemasi yöqolgan. Kema 1974 yilda AQŞning Markaziy razvedka boşqarmasi ötkazgan maxfiy operatsiya davomida topilgan.