Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In mamlakat harbiy-dengiz kuçlari uçun möljallangan yangi suv osti kemasini közdan keçirdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.

Agentlik Kim Çen Inning dokda joylaşgan suv osti kemasi fonida tuşgan suratini e'lon qilgan.

Ta'kidlanişiça, suv osti kemasi Yapon dengizida taktik vazifalarni bajariş uçun qöllanadi. “Hurmatli oliy rahbar, yangi suv osti kemasini közdan keçiriş vaqtida uning texnik körsatkiçlari va jangovar tizimi bilan ham tanişdi”, deyilgan xabarda.

Kim Çen In nazorat vaqtida Şimoliy Koreyada suv osti kemalari bölişi strategik ahamiyatga egaligini ta'kidlab ötgan. U, şuningdek, mamlakatning işonçli himoyasini ta'minlaş uçun harbiy-dengiz kuçlari uçun qurollar işlab çiqariş zarurligini aytgan.

Avvalroq AQŞ va Janubiy Koreya mutaxassislari Şimoliy Koreya ballistik raketa olib yura oladigan yangi suv osti kemasini qurayotgani haqidagi fikrni bildirişgan. Bundan taşqari, Şimoliy Koreya 2017 yil oxirida suv osti kemalari uçun yangi ballistik raketa “Pukkikson-3”ni (Qutb yulduzi-3) işlab çiqişni yakunlagani ma'lum qilingan.