«Öztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvining raisi Bahodir Beşimoviç Eşmuratov boşqa işga ötkazildi.
Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, u «Hududgazta'minot» AJ raisi etib tayinlangan.
Bahodir Eşmuratov 2018 yil dekabridan buyon «Öztransgaz» rahbari edi.

Foto: Gazeta.uz
Öz navbatida, «Hududgazta'minot» AJning yangi raisiga yangi örinbosar ham tayinlangan.
Şu vaqtgaça «Özneftgazqazibçiqariş» AJ raisining iqtisodiyot böyiça örinbosari Alişer Abduvosiqoviç Turdiboyev «Hududgazta'minot» AJ raisining iqtisodiyot masalalari böyiça örinbosari lavozimini egallagan.
Eslatib ötamiz, «Hududgazta'minot» AJ prezidentning «Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlaş, neft-gaz tarmoğini moliyaviy soğlomlaştiriş va uning boşqaruv tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan «Öztransgaz» AJning gaz ta'minoti böyiça hududiy filiallari negizida taşkil etilgandi.
Qarorga köra, «Öztransgaz» «Özbekneftgaz» tarkibidan çiqarilgan. Kompaniya qazib oluvçi taşkilotlardan tabiiy gazni sotib olib, keyinçalik eksport va importga yetkazib beriş, şuningdek magistral gaz quvurlariga ulangan iste'molçilarga sotiş bilan şuğullanuvçi yagona operatorga aylangan. «Hududgazta'minot» esa gaz taqsimlaş tarmoqlariga ulangan iste'molçilarga gaz sotiş bilan şuğullanadi.
















