Mamlakatimizda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, jamoat tartibini saqlaş hamda huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Bu, albatta, har bir sohaning istiqboliga, aholining farovon hayot keçirişiga xizmat qilmoqda. Biroq huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş jarayoniga fuqarolarning yetarliça jalb etilmasligi oqibatida ayrim jinoyatçiliklarning (öğrilik, firibgarlik, tan jarohati yetkaziş, bezorilik) körsatkiçlari hanuzgaça yuqori qolmoqda, deb yozadi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Umidjon Sulaymonov.
Fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan jamoat tartibini saqlaş sohasida tizimli va bir martalik hamkorlik masalalarining tartibga solinmagani, huquqni muhofaza qiluvçi organlarni huquqbuzarlik va jamoat tartibiga tahdidlarning faktlari haqida ogohlantirayotgan şaxslar haqidagi ma'lumotlarning sir saqlanişida kafolatlarning mavjud emasligi muammoli vaziyatlarni keltirib çiqarmoqda.
Şu munosabat bilan, ayni kunlarda parlament quyi palatasida jamoat tartibini saqlaşda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yaqindan kömaklaşiş, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlaş va ularning oldini olişda fuqarolarning iştirokini ta'minlaş maqsadida Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlaşdagi iştiroki töğrisida”gi qonun loyihasi atrofliça muhokama qilinmoqda.
Qonun loyihasida jamoat tartibini saqlaşda fuqarolar iştirokining ixtiyoriylik, qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etiş va hurmat qiliş, içki işlar organlari, şuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oşiruvçi boşqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiliş masalalari belgilangan.
Şuningdek, jamoat tartibini saqlaşda iştirok etadigan fuqarolarning içki işlar organlari, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oşiruvçi boşqa organlar va muassasalarning mutlaq vakolatiga tegişli bölgan protsessual hamda boşqa faoliyatni amalga oşirişi, içki işlar organlarining vakolatlarini özlaştiriş, insonning qadr-qimmatini kamsitişga qaratilgan xatti-harakatlarni amalga oşiriş va jismoniy kuç işlatiş bilan boğliq qator çeklovlar ham nazarda tutilgan.
Qonun loyihasida fuqarolarning jamoat tartibini saqlaşda iştiroki masalalari böyiça içki işlar organlari, özini-özi boşqariş organlarining vakolatlari belgilangan. Uşbu organlar vakolatlarining alohida ajratilişi içki işlar organlari jamoat tartibini saqlaşda iştirok etadigan fuqarolarning faoliyati masalalari böyiça huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oşiruvçi organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi. Şuningdek, jamoat tartibini saqlaşda iştirok etadigan turli jamoat tuzilmalari (guruhlari) faoliyatini muvofiqlaştiradi hamda ularning reyestrini yuritadi. Mahalliy davlat hokimiyati taşkilotlari içki işlar organlariga jamoat tartibini saqlaşda kömaklaşayotgan fuqarolarni rağbatlantiriş uçun mablağlar ajratiş bilan boğliq mahalliy budjetlarni körib çiqadi va qabul qiladi.

















