Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tashqi kuchlar Hongkong masalasida "og‘izlarini yumishiga" umid qilishini bildirdi
Xitoy tashqi kuchlar tezroq "og‘izlarini yumishiga" va Hongkongning ichki ishlariga aralashmasligiga umid qiladi, dedi Xitoy TIV vakili Xua Chunin.
"Bu masala bo‘yicha pozitsiyamiz juda-juda aniq. Biz tashqi kuchlarning Hongkongning ishlariga har qanday tarzda aralashuviga qarshi chiqamiz. Ular bu borada imkon boricha tezroq og‘izlarini yumishiga va aralashuvni bas qilishiga umid qilamiz", - dedi Xua Chunin.
O‘tgan haftada Hongkongda yuz bergan tartibsizliklardan so‘ng Buyuk Britaniya va AQSh o‘z xavotirini bildirdi.
21 iyul kuni tashkil etilgan namoyishlarda 430 ming kishi qatnashgani aytilmoqda, politsiya esa 138 ming kishi ishtirok etganini ma'lum qildi.
Namoyishchilar magistral yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan va Xitoy markaziy hukumatining Hongkongdagi devonxonasiga tuxumlar uloqtirishgan.
Mavzuga oid
18:29
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026