2019 yil mart oyidan flydubai aviakompaniyasi Dubay va Toshkent o‘rtasida reyslarni amalga oshira boshladi. Bugungi kunda aviakompaniya dunyoning 90 dan ortiq shaharlariga muntazam aviareyslarni amalga oshirmoqda. 

Suratda: Dilmurodxon Baxtiyorxonov,
flydubai’ning O‘zbekistondagi bosh vakili

Birlashgan Arab Amirliklarining flydubai aviakompaniyasi Dubay hukumatiga tegishli bo‘lib, ushbu mamlakatdagi Toshkent shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareysni taklif qilgan birinchi milliy aviakompaniya bo‘ldi. Uzoq vaqtdan beri O‘zbekistonning madaniy merosi azaldan Amirliklar va Fors ko‘rfazidagi boshqa mamlakatlar aholisi tomonidan sayyohlik qiziqishlariga ega. Biz flydubai aviakompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili Dilmurodxon Baxtiyorov bilan aviakompaniya O‘zbekistonlik sayyohlariga nimalarni taklif qilishi va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ochib berish uchun qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida suhbat qurdik.

“flydubai”ning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi sayohat qilishni sevuvchilar uchun nima o‘zgaradi?

“flydubai”ning faoliyati shunchaki mijozlarimizni biron bir A nuqtasidan B nuqtagacha ma'lum bir marshrut bo‘ylab olib borib qo‘yishni o‘z ichiga olmaydi. Bizning asosiy vazifamiz, fuqarolarimizga tez-tez parvoz qilib turish va ularni arzon narxlarda bajarishdir. 21-asrda bizning fuqarolarimiz dam olishlari uchun bir necha yil davomida tejab borishlari kerak emas va sayyohlik yo‘nalishlari, xizmat ko‘rsatish operatorlari, shu jumladan, aviatashuvchilarni tanlash huquqiga ega bo‘lishlari lozim.  

Biz shunchaki aviachiptalarni sotmaymiz. Bizning hamkorimiz – “ATMS” kompaniyasining sharofati bilan, bizda mijozlarimiz uchun hamyonbop bo‘lgan, aviachipta narxini, mehmonxonagacha yetkazib qo‘yishni, mehmonxonaning va vizaning narxini o‘z ichiga olgan turistik paketlarni taklif etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Agar “flydubai”ning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishimizdan avval, borib kelish aviachiptalari 800 AQSh dollarigacha bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu narx deyarli ikki marotabaga kamaydi.

Biz uchun birinchi navbatda yo‘lovchimiz qoniqishi va bizning xizmatlarimizdan takror foydalanishi muhim hisoblanadi.