Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘ztransgaz»ning yangi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
«O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, Avaz Abrarovich Alimov «O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisining kapital qurilish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Avaz Alimov bungacha «O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ raisining marketing, istiqbolli rivojlantirish va xaridlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, «O‘ztransgaz» saytida Boshqaruv raisining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b lavozimida Dilshod Abdug‘aniyevich Badirov nomi ko‘rsatilgan.
Bundan avvalroq, 2018 yil dekabridan buyon «O‘ztransgaz»ga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Eshmuratov yangi tashkil etilgan «Hududgazta'minot» AJ raisi etib tayinlangani, uning o‘rnini 2016 yildan buyon «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Ulug‘bek Husanovich Sayidov egallagani xabar qilingandi.
«O‘zneftgazqazibchiqarish» AJ raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Abduvosiqovich Turdiboyev «Hududgazta'minot» AJ raisining iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Mavzuga oid
19:31 / 23.02.2026
Behzod Normatov Prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi
22:32 / 17.12.2025
Yunusobod va Sergeli tumanlariga yangi hokim tayinlandi
18:59 / 17.12.2025
Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekneftgaz” raisi etib tayinlandi
08:47 / 10.12.2025