Ukraina davlat tergovlar byurosi direktori Roman Trubaning xabar qilişiça, 25 iyulga söroqqa çaqirtirilgan sobiq prezident Pyotr Poroşenko 24 iyulda byuroga kelib, bir kun avval söroq qilinişini iltimos qilgan.
“Sobiq prezident uzoq muddatli ta'tilga ketişi munosabati bilan uning söroq qilinişi 25 iyulda emas, bugun ötkazilişi iltimosi bilan murojaat qildi”, deb yozgan Truba telegram-kanalda.
U guvohlar vaqtini hurmat qilişini va sobiq prezidentning saylov kampaniyasi vaqtida bandligiga tuşuniş bilan qaraşini, biroq Poroşenko ham tuşuniş bilan qaraşiga va 25 iyulda söroqqa kelişiga umid qilişini aytgan.
Truba Poroşenkoning advokatlari tergovçi bilan boğlanib, söroq sanasi böyiça u bilan kelişib olişlari mumkin bölganini, buning uçun Poroşenko byuro direktori oldiga kelişi şartmasligini ta'kidlab ötgan. U, şuningdek, kim qaçon söroq qilinişi böyiça körsatma bermasligini aytgan.

















