Amerikalik Eddi Grey mamlakatdagi taniqli akvaparklardan biriga borgaç, xavfli parazitni yuqtirib, hayotdan köz yumdi. Bu haqda FOX46 telekanali xabar qilmoqda.

Ta'kidlanişiça, u Şimoliy Karolina ştatidagi Fantasy Lake akvaparkiga borgan, biroz vaqt ötgaç, özini yomon his qilgan. Şifokorlar Greyning boşmiyasida Naegleria fowleri amyobasi borligini aniqlaşgan. U erkak miyasiga burni orqali suvdan ötgan. U 10 kun ötgaç, hayot bilan vidolaşgan. 

Telekanalga köra, parazit suv orqali yutilsa, insonga zarar yetkazmaydi, biroq hid seziş organi asab tolalarini tuşsa, boşmiyaning barça bölimiga kiradi. 

Kamberlend okrugi soğliqni saqlaş departamenti direktori Dueyn Xolderning aytişiça, balandlikda suvga sakraşda va suvga keskin şönğişda parazitni yuqtirib oliş mumkin. 

Naegleria fowleri parazitlari bilan xastalaniş juda kam uçraydi, AQŞ 1962-2018 yillar oraliğida 145ta tibbiyotga ma'lum holat qayd etilgan. Bu vaqt mobaynida Şimoliy Karolinada 5 kişi uşbu parazit tufayli hayotdan köz yumgan.