Janubiy Koreyaning Kvanjun şahrida suv sporti böyiça jahon çempionati bölib ötgan joy yaqinidagi sportçilar qişloği yonida tungi klub binosi qisman qulab tuşdi. ABC xabariga köra, u yerda ba'zi jamoalar musobaqa tugaganini nişonlayotgandi.

Ma'muriyat töqqiz nafar sportçi jarohat olganini tasdiqladi - tört amerikalik, ikki yangi zelandiyalik, bir nafar gollandiyalik, italiyalik va braziliyalik. Braziliyalikdan boşqa barça sportçilar vaterpolçilar bölib, ularning orasida olti nafar ayol bor. Bundan taşqari, jahon çempionatiga aloqasi bölmagan ikki nafar Özbekiston fuqarosi jabrlangan. Öt öçiruvçilar ma'lumotiga köra, gap jiddiy bölmagan jarohatlar haqida ketmoqda, ammo ba'zilar şifokorlar yordamiga muhtoj bölgan.

«Biz şunçaki raqsga tuşayotgandik, söng beş-olti metrlik balandlikdan yiqildik va şundan keyin hamma klubdan qoçib çiqa boşladi. Menimça, biz pastda turgan odamlarning boşiga quladik», - deydi Yangi Zelandiya erkaklar terma jamoasi sardori Mett Smoll.

Hodisa haqidagi ma'lumot çempionat taşkilotçilari tomonidan tasdiqlandi.