Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Konsessiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan «Konsessiyalar to‘g‘risida»gi 110-I-sonli Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanishi mumkin.

Konsessiyalar to‘g‘risidagi bitim yozma shakldagi shartnoma turi bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi investorga davlat nomidan maxsus ruxsatnoma beradi. Ushbu ruxsatnomaga ko‘ra, konsessioner ma'lum turdagi xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish, konsessionerga mol-mulk obektlarini, yer (uchastkalari) maydonlari, yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini ham beradi konsessiya to‘g‘risidagi imzolangan bitim asosida, o‘z navbatida investor barcha ishlarni o‘z hisobidan moliyalashtirish hamda barcha loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga oladi.

Konsessiya to‘g‘risidagi bitimda quyidagi ma'lumotlar bo‘lishi shart:

konsessiya to‘g‘risidagi bitimning taraflari haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimning predmeti haqidagi;

taraflarning majburiyatlari va javobgarligi to‘g‘risidagi;

konsedent va konsessioner o‘rtasida xavf-xatarlarning taqsimlanishi haqidagi;

konsessiya obektining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan konsessiya to‘g‘risidagi bitimga muvofiq boshqa o‘tkazilgan yoki loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, undan foydalanilishi va unga xizmat ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan konsessiya obektlarining tavsifi, ulardan foydalanish maqsadlari va muddatlari to‘g‘risidagi;

konsessiya loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) muddatlari va tartibi haqidagi;

taraflarning tegishli infratuzilmaga nisbatan va konsessiya loyihasi bo‘yicha huquqlarini taqsimlash to‘g‘risidagi, shuningdek ularni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi haqidagi;

konsessiya loyihasini amalga oshirish uchun talab etiladigan yer uchastkalarini berish tartibi va tartib-taomili to‘g‘risidagi, yer uchastkalariga taalluqli boshqa shartlar haqidagi;