Bugun, 27 iyul kuni Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev bölayotgan voqealar bilan yaqindan tanişiş va mavjud muammolarni hal etiş maqsadida Yakkaboğ tumanida bölib turibdi. U «Eski Yakkaboğ» qörğonçasiga taşrif buyurib, bir guruh tadbirkorlar bilan uçraşgan, ularning muammo va murojaatlarini tinglagan.

Yakkaboğ tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Bozor Azizovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, viloyat rahbari tuman hokimi örinbosari Mansur Tuymayevga benzin sepib, yoqib yuborgan Bahriddin Isomovning rafiqasi Nodira Haydarova hamda farzandi Şarofiddin Daminov bilan yakka tartibda suhbatlaşgan. Ma'lumotlarga köra, tadbirkorning dökoni buzilmaydigan, yetkazilgan moddiy zarar esa sud orqali undiriladigan böldi.

«Tadbirkor Bahriddin Isomovning dökoni buzilmaydigan böldi. U qayta rekonstruksiya qilinadi. Fasad qismi özgartiriladi. Şuningdek, boşqa tadbirkorlarning ham dökonlari buzilmaydi. Buzilganlariga esa, yer ajratilib, kompensatsiya beriladi. Bu işlarni viloyat hokimi şaxsan nazoratga olişini ta'kidlab ötdi», — deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda B.Azizov.

Tuman matbuot xizmati ma'lumotiga köra, Qaşqadaryo viloyati hokimi Zafar Röziyev erta tongdan qörğonçaga taşrif buyurgan va dökoni buzilgan 30 nafar tadbirkorga öz dökonlari oldida bölib turişni söragan va ularning har biri bilan gaplaşib, muammosini tinglagan. Joyida mutasaddilarga muammoni hal etiş böyiça zarur körsatmalar bergan.

Şuningdek, Z.Röziyev tuman hokimligi va tadbirkorlar örtasida yuzaga kelgan tuşunmovçilik va anglaşilmovçiliklarga çek qöyiş maqsadida, «Obod qişloq» dasturi böyiça olib borilayotgan işlar mazmun-mohiyati haqida tuşuntirgan.

Ayni damda, viloyat hokimi mazkur qörğonçada bölib turibdi. Kun.uz yaqin soatlar içida uşbu uçraşuv yakuni va holat yuzasidan töliq material e'lon qiladi.

Eslatib ötamiz, saytimizda avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanidagi Eski Yakkaboğ qörğonçasida «Obod qişloq» dasturi böyiça olib borilayotgan işlar va noturarjoy imoratlarining buzilişi va unga tadbirkorlar tomonidan bölayotgan keskin norozilik böyiça suriştiruv va tahliliy maqola