Bu yil Özbekiston birinçi marta öz hududida butun jahon böylab ommalaşib borayotgan Xalqaro armiya öyinlarini ötkazişga hozirlik köryapti.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Jizzax viloyatida joylaşgan «Foriş» toğ poligoni «ArMI-2019» doirasida ötkaziladigan «Harbiy-tibbiy estafeta» musobaqasi iştirokçilarini kutib olmoqda. Xalqaro musobaqani ötkaziş uçun yaratilgan zamonaviy va qulay şart-şaroitlardan taşqari poligonda Özbekistonning barça viloyatlari diqqatga sazovor körgazmalari bilan yiğilgan. 12ta viloyat, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahri mamlakatimiz mehmonlariga milliy an'ana va udumlari, asrlar davomida saqlanib kelinayotgan tarixiy meroslarimizni namoyiş qilmoqda. Şuningdek, mehmonlar bu yerda milliy suvenir buyumlarini xarid qilişi uçun ham imkoniyat mavjud.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Har oqşom Özbekiston Mudofaa vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligi tomonidan musobaqa qatnaşçilari uçun mahalliy va harbiy estrada guruhlari iştirokida konsert dasturlari uyuştirilmoqda.

Eslatib ötamiz, V Xalqaro armiya öyinlarining «Harbiy-tibbiy estafeta» tanlovining oçiliş marosimi 4 avgust kuni bölib ötadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati