Xorazm viloyati markazi Urganç şahrining Aşxobod köçasida yaşagan va yerlari davlat ehtiyojlari uçun qaytarib olingan aholiga kompensatsiya pullari tarqatila boşlandi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Avvalroq Çondirqiyot qişloği hududiga köçirib yuborilgan va dalada palatka va çartak (kapa) qurib yaşayotgan, ammo 1-2 oydan beri kompensatsiya pulini ololmayotgan aholi va hokimlik örtasida yuzaga kelgan mojaro haqida «Xorazmda uyi buzilgan odamlar norozi bölişdi – viloyat hokimi 10 avgustgaça muammolarni hal qilişga va'da berdi» nomli maqolani e'lon qilgan edik .

27 iyul kuni tuşdan keyin Milliy Bankning Urganç bölimi xodimlari tomonidan kompensatsiya pullari tarqatila boşlandi. Jarayonni Xorazm viloyatiga taşrif buyurgan Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov ham kuzatdi, aholi bilan uçraşib, suhbatlaşdi.

Rejaga köra, şu bugunning özida 207ta xonadon egasiga kelişuv şartnomasida körsatilgan kompensatsiya pulining 50 foizi miqdorida, jami 21 milliard söm taqsimlab beriladi. 10 avgustgaça esa barça xonadon egalari bilan 100 foiz hisob-kitob qilinişi rejalaştirilmoqda.

Qayd qiliş joizki, fuqarolarga pul mablağlari röyxat böyiça tarqatilyapti. Ular tomonidan pulning qabul qiliniş jarayoni videokameralar orqali yozib olinyapti.

Xorazm viloyati hokimligi odamlar bilan töliq hisob-kitob qiliş uçun Respublika budjetidan qöşimça mablağlarni jalb qilgan. Jami 394ta xonadon egasi 70 milliard sömdan ortiq kompensatsiya pulini olişi közda tutilmoqda.
















