Hududlar forumi Belarus poytaxti Minsk şahrida ikki kun, 29-30 iyul kunlari bölib ötadi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati.
Unda ikki mamlakat hududlari, vazirliklari va idoralari vakillari, parlament a'zolari, tadbirkorlik doiralari iştirok etadi. Forumda Özbekiston delegatsiyasiga Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev rahbarlik qiladi.
Davlatlararo munosabatlarni rivojlantirişning muhim omili sifatida hududlar hamkorligi Forumning asosiy mavzusi böladi.
Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş böyiça yöl xaritasini yangilaş masalalarini, yangi qöşma korxonalar taşkil etiş, tovar ötkaziş tarmoğini rivojlantiriş, qişloq xöjaligi, axborot texnologiyalari va ta'lim sohalarida hamkorlik qiliş imkoniyatlarini muhokama qiliş rejalaştirilmoqda.
Forum doirasida quyidagi uçta seksiya iş olib boradi: agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi, gumanitar sohada, axborot texnologiyalari va ilm-fan sohasida özaro hamkorlik.
Tadbirda qator mintaqalararo bitimlar va tijorat kontraktlari imzolaş rejalaştirilmoqda.
Forum mehmonlari va iştirokçilari Özbekiston tovarlari körgazma-yarmarkasi bilan tanişiş imkoniyatiga ega böladi.
Eslatib ötamiz, ötgan yil sentabr oyida Toşkentda Işbilarmonlik va hududlararo hamkorlik forumi bölib ötdi. Unda Özbekiston va Belarus hududlari örtasida özaro hamkorlikni rivojlantiriş uçun poydevor qöyildi. Bunday forumlar ötkaziş töğrisidagi kelişuvga Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasining 2018 yil yozida Belarus Respublikasiga taşrifi doirasida erişilgan edi.
Bundan oldin, Şavkat Mirziyoyev 31 iyul kuni Belarusga taşrif buyurişi xabar qilingandi.












