Toşkent şahar hokimi va Osiyo taraqqiyot bankining Özbekistondagi doimiy vakilligi direktori Sintiya Malviçini tomonidan “Toşkent şahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara şartida boşqaruvga topşiriş böyiça konsultatsiya xizmatlarini körsatiş böyiça kelişuv” imzolandi.
Mazkur Kelişuv doirasida Osiy taraqqiyot banki Loyihadagi bitimlar böyiça Toşkent şahar hokimligining eksklyuziv konsultanti sifatida xorijiy kompaniyalardan kelib tuşgan takliflarni baholaş hamda amaldagi Davlat-xususiy şerikçiligi töğrisidagi qonun talablariga köra, xorijiy kompaniyalaridan kelib tuşgan takliflar asosida tender tanlovini ötkazib, eng maqbul xorijiy kompaniyani “Toşissiqquvvati” DUK bilan Ijara şartnomasini imzolaşda kömaklaşadi.
Davlat-xususiy şerikçiligi şartlari asosida mazkur loyihani amalga oşirişdan asosiy maqsad Toşkent şahar kommunal xizmat körsatiş sohasiga xorijiy investorlarni keng jalb qilgan holda, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiyalaş va rekonstruksiyalaş, tarmoqlardagi bugungi kunda mavjud yöqotişlarni butkul bartaraf etiş va sohada avtomatlaştirilgan xorijiy IT texnologiyalarini qöllaş orqali yuzaga kelayotgan avariya holatlarini oldini oliş hamda Toşkent issiqlik ta'minotida zamonaviy menejment usullari va jarayonlarni qöllaşdan iborat.
Bu Toşkent şahri aholisi uçun yanada keng qulayliklar va şaroitlar yaratadi, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

















