«Surxon» klubi boş murabbiyi Baxtiyor Aşurmatov iste'foga çiqdi.
43 yoşli mutaxassis öz arizasiga köra klubni tark etgan.
Aşurmatov şu yilning iyun oyida «Surxon» boş murabbiyi qilib tayinlangan edi. U termizliklarni atigi 1 oy davomida boşqardi xolos. Uning qöl ostida jamoa 2ta öyin ötkazib, «Nasaf»ga 0:2 va 1:3 hisobida yutqazdi.
«Surxon» klubi matbuot xizmati xabariga köra, 31 iyul kuni Özbekiston Superligasi 15-turi doirasida «Bunyodkor»ga qarşi bahsga jamoani yoşlar tarkibi murabbiyi Vladimir Andreyev tayyorlaydi.
Tribuna.uz manbasining ma'lumotiga köra, Aşurmatovning iste'fosi maydondagi natijalarga boğliq emas. Ayni paytda «Surxon» klubi juda murakkab moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan. Jamoa murabbiylar ştabi va futbolçilardan juda katta miqdorda qarzdor bölgan. Natijada, ular «Surxon» klubi rahbariyati ustidan PFLga şikoyat qilişgan. Agar jamoa yaqin orada qarzlardan qutulmasa, Superligadan tuşirib yuborilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, mavsum boşida Termiz klubiga Ilhom Möminjonov boş murabbiy bölgan, ammo u ÖFA tomonidan 1 yilga diskvalifikatsiya qilingaç, örnini vaqtinçalik Anvar Soliyev egallagandi. Biroz vaqt ötib, Soliyev sport direktori lavozimiga ötib, Andrey Miklyayev boş murabbiy etib tayinlangan edi.
Miklyayev esa iyun oyida qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga çiqarilib, uning örnini «Buxoro»dan ketgan Baxtiyor Aşurmatov egallagandi.
Qayd etiş kerakki, ötgan mavsumda ham termizliklar klubida tört marta murabbiy almaşgandi: Dilşod Nuraliyev, Igor Şkvirin, Rustam Mirsodiqov va Rifat Akramxöjayev.
















