Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus va O‘zbekiston turizm sohasida hamkorlikni rivojlantiradi
Belarus va O‘zbekiston turizm sohasidagi hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirib boradi, buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud, dedi Belarus sport va turizm vaziri o‘rinbosari Mixail Portnoy O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi Abdulaziz Aqqulov bilan uchrashuvda.
O‘zaro muzokaralar Minskdagi "BelEkspo" milliy ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar turizm sohasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus fanlar akademiyasida O‘zbekiston turizm salohiyati taqdimotini o‘tkazdi. Belarusliklarda turizmda IT-texnologiyalardan foydalanish, masalan, mamlakatning diqqatga sazovor maskanlari haqida to‘qqizta tilda hikoya qiluvchi virtual gid katta qiziqish uyg‘otdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31 iyul — 1 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
10:15 / 17.06.2026