Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Belarus bilan hamkorlikda farmatsevtika korxonasi tashkil etiladi
O‘zbekistonda tashkil etiladigan belarus-o‘zbek farmatsevtika korxonasi 2020 yildan o‘z mahsulotlarini bozorga chiqarishni boshlaydi. Bu haqda "Belfarmprom" xoldingi boshqaruv kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Viktor Shein ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, "Belfarmprom", O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi va O‘zbekistonning Fagusal MChJ kompaniyasi Minskda hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan. Shartnomaga ko‘ra, tabletka va kapsulalar ko‘rinishidagi dorilar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etiladi.
Viktor Sheinning aytishicha, korxona transmilliy va strategik ahamiyatga ega bo‘ladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchinchi davlatlarga, xususan Afg‘onistonga eksport qilinadi.
Mavzuga oid
13:28 / 27.06.2026
O‘zbekistonda noqonuniy kosmetika preparatlaridan foydalanganlarda og‘ir nojo‘ya reaksiyalar kuzatildi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026