SilkJet kompaniyasi xorijiy investitsiyalar va jahon tajribasiga ega aviatsiya mutaxassislarini jalb etgan holda Özbekistondagi birinçi loukosterni oçişga tayyor. Uning asosçisi Alişer Annazarov Kun.uz’ga bergan intervyusida yangi aviataşuvçining paydo bölişi bozordagi vaziyatni qanday özgartirişi, bundan nafaqat yölovçilar, balki «Özbekiston havo yöllari» MAK va davlat yutişi mumkinligi haqida söz yuritdi.

— Mahalliy loukoster paydo bölişi MAK uçun xavfli degan fikrga qöşilasizmi?

— Hukumatda biz parvozlarni boşlaganimizda MAK raqobatga doş berolmaydi degan xavotir bölişi mumkin. Jahon tajribasining körsatişiça, bozorda loukoster-aviakompaniyalar (Lowcoster carriers, LCC) paydo bölişi töliq servis aviakompaniyalarining (Full Service) taşuv va moliyaviy körsatkiçlari ösişiga olib keladi. Vaqt ötişi bilan LCC va Full Service biznes-model tuşunçalari birikişi yuzaga keldi, Yevropa va Şimoliy Amerikada esa Full Service taşuvçisidan LCC taşuvçisini farqlab olişning imkoni yöq. Bu bozorlarda aksariyat aviakompaniyalar allaqaçon gibrid hisoblanadi (töliq servis va loukoster unsurlari aralaşgani) va yuk, yemak, joy tanlaş, qöniş ustuvorligi uçun tölov oladi. Natijada bu ikki model örtasida unçalik katta farq qolmagan. Buyuk Britaniyada British Airways RYANAIR va easyJet kabi gigant loukosterlar bilan yonma-yon faoliyat körsatmoqda, Vetnamda Vietnam Airlines VietJet va JetStar loukosterlari paydo bölganidan söng muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Bunday misollar yetarliça topiladi.

Biz parvozlarni boşlaganimizda, bu MAK foydasiga böladi. Voqelik şunday, mahalliy loukoster tomonidan raqobat bölişi Özbekistonda MAK uçun xorij aviakompaniyalari bilan raqobatga tayyorlaniş uçun eng yaxşi narsa. Moslaşiş va özgariş zarurati MAK personalining barça darajalariga taalluqli böladi. Yaqinda e'lon qilingan gibrid biznes-modeliga ötiş – bu töğri yönalişdagi qadam hisoblanadi. Köplab davlatlar buni boşdan keçirgan va Özbekiston ham bundan muvaffaqiyatli ötişiga işonçim komil. Bizda aviakompaniyalar qança köp bölsa, raqobat va taşuvlar hajmi şunça yuqori böladi. Mos ravişda, aholining aviatsion harakatçanligi va servis darajasi oşadi, çiptalar narxi esa pasayadi.