Özbekiston va Germaniya prezidentlari muzokaralari yakunida imzolangan hujjatga muvofiq, Özbekistonda «Volkswagen» kompaniyasi bilan hamkorlikda tijorat avtomobillari işlab çiqariş yölga qöyilişi ma'lum bölgandi.

Kun.uz'ning «Özavtosanoat»dagi manbasi ma'lumotiga köra, Volkswagen Caddy, Volkwagen Crafter, Volkswagen Tiguan hamda Skoda Octavia rusumli maşinalar Özbekistonda işlab çiqariş uçun tanlab olingan. 

«22 may kuni ötkazilgan muzokaralar yakuni böyiça Volkswagen kompaniya bilan işlab çiqarilişi közda tutilgan avto modellar tanlab olindi. Unga muvofiq, Caddy 5 avlod rusumi (7 örinli yölovçi taşiş uçun qulay mikroavtobus va miniven) va Crafter (5 tonnagaça yuk ortiş mumkin bölgan furgon va 18 örinli avtomobil), C klass Skoda Octavia hamda Tiguan işlab çiqarilişi dastlabki rejaga kiritildi», — deyiladi manba axborotida.  

Volkswagen Caddy

«Özavtosanoat» AJ uşbu masalada ma'lumotlarni oşkor etmaslik böyiça kelişuv imzolangani tufayli, rasmiy ma'lumot vaqtinça berilmasligini ta'kidladi.

«Zavod Samarqandda quriladi»

2017 yili Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripovning Germaniyaga rasmiy taşrifi doirasida «Özavtosanoat» va Volkswagen AG konserni örtasida JV MAN Auto-Uzbekistan qöşma korxonasida Volkswagen Amarok pikaplarini işlab çiqarişni yölga qöyiş masalasi körilgandi. Loyiha 2018-2019 yillarda amalga oşirilişi rejalaştirilgandi.

Volkwagen Crafter

JV MAN Auto-Uzbekistan Markaziy Osiyodagi MAN rusumidagi yuk va yölovçi taşişga ixtisoslaşgan transport vositalari işlab çiqaruvçi korxona hisoblanadi. 2009 yilning avgust oyida taşkil etilgan kompaniya Samarqand viloyatida joylaşgan. Ayni paytda Özbekiston — Germaniya qöşma korxonasi hozirda 15 tonnadan 50 tonnagaça yuk kötariş quvvatiga ega zamonaviy MAN tijorat avtotransport vositalarini işlab çiqarmoqda. Ammo Volkswagen bilan erişilgan kelişuv oxirgi ikki yilda qayta eslanmadi.