AQŞ prezidenti Donald Tramp nafaqat Amerika-Meksika çegarasida, balki Oq uy atrofida ham devor qurişni boşladi.
Milliy park xizmati saytida taqdim etilgan rejaga köra, hozirda balandligi 2 metr bölgan tösiq örnini undan ikki baravar baland tösiq egallaydi. Balandligi 13 fut (4 metrga yaqin) bölgan tösiq zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi.
AQŞ maxfiy xizmati Oq uy atrofida yangi tösiq barpo etiş uçun ruxsatni 2017 yilda tegişli federal rahbariyatdan olgandi. AQŞ prezidenti qarorgohi atrofini balandroq qilib öraş ğoyasi içkariga bir neça marta ruxsatsiz kiriş bilan boğliq voqealardan söng paydo bölgandi.
Quriliş işlari 2021 yilgaça davom etadi.

















