Jahon | 17:24 / 01.08.2019
23160
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyada jangarilar guruhini tayyorlamoqda

Foto: AP Photo / Hussein Malla

Pentagon Suriyadagi At-Tanf harbiy bazasida "Magavir As-Saura" jangarilar guruhini tayyorgarlikdan o‘tkazayotganini tasdiqladi.

Avvalroq Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general-polkovnik Sergey Rudskoy AQShlik yo‘riqchilar At-Tanf atrofida "Magavir As-Saura" jangarilar guruhini tayyorgarlikdan o‘tkazayotgani, so‘ngra ularni vertolyotlarda Frot ortiga tashlayotganini aytgandi.  

"At-Tanf atrofida "Magavir As-Saura" koalitsiya hamkori hisoblanadi. "Magavir As-Saura" IShIDni to‘xtatish va xavfsizlikni ushlab turishda o‘zining samaradorligini namoyish etdi", - deb ma'lum qildi koalitsiya matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, AQSh At-Tanf atrofida IShIDni yakson qilish uchun koalitsiya kuchlarini tayyorlash va ularga maslahat berishni davom ettiradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid