Prezidentning 2019 yil 7 martdagi PQ-4234-sonli «Özbekkömir» AJ boşqariş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaror ijrosini ta'minlaş, kömir qazib oliş tizimini takomillaştiriş, aholiga sifatli mahsulotlar yetkazib beriş maqsadida «Özbekkömir» AJga Belarus davlatidan 15 ta «BELAZ-75131» rusumli yuk taşuvçi oğir texnika keltirildi.

Uşbu texnikalardan Angren kömir konining yuqori qatlamni oçiş işlarida samarali foydalaniş közda tutilgan. «BELAZ» rusumli yuk taşuvçi transport vositasini yiğiş işlari uçun belaruslik va mahalliy mutaxassislardan iborat 2 ta işçi guruh taşkil etilgan edi.

«BELAZ-75131» sönggi rusumdagi Cummins KTA50-C dvigateli örnatilgan bölib, 130-136 tonna yuk kötariş imkoniyatiga ega. Rul çambaragi gidravlik boşqaruv asosida işlaydi. Yirik texnikaning sof oğirligi 107 100 tonnani taşkil etadi. Mazkur yuk taşuvçi transportiga 33.00-51; 33.00R51; 36/90-51 ölçamdagi şinalar örnatilgan. 

«BELAZ»ning balandligi 5900 (±80sm), uzunligi 12050 (±100sm)ga teng. Yoqilği bakining hajmi 1900 litr. Törtta tomonidan atrofni tasvirga olib bir vaqtning özida boşqaruv bölinmasiga uzatuvçi kameralar bilan jihozlangan uşbu oğir yuk taşuvçi transport vositasi haydovçiga atrofni qiyinçiliklarsiz nazorat qilişni kafolatlaydi.

Şu kungaça «Özbekkömir» AJ tarkibida 30, 45 va 110 tonna yuk ortiş imkoniyatiga ega BelAZ yuk taşuvçi texnikalari mavjud edi. Endilikda aksiyadorlik jamiyati 136 tonnalik gigant avtomobilga ham ega böldi.

«BELAZ» OAJ bilan tuzilgan şartnomaga köra yana 8 ta ana şunday yirik yuk taşiş transportini olib keliş rejalaştirilgan.