31 iyul kuni Qaşqadaryo viloyati Xalk deputatlari Yakkaboğ tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körildi.
Sessiya işida viloyat hokimi Zafar Röziyev iştirok etib, nutq sözlagan.
Tuman axborot xizmati rahbari Bozor Azizovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari kotibiyati mudiri lavozimida işlab kelgan Abdirasul Eştemiroviç Safarov Yakkaboğ tuman hokimi etib tasdiqlangan.

Abdirasul Safarov 1965 yil 15 fevralda Yakkaboğ tumanida tuğilgan. 1989 yilda Samarqand davlat arxitektura va quriliş institutini tamomlagan.
Eslatib ötamiz, 23 iyul kuni saytimizda «Kun.uz suriştiruvi: Yakkaboğda tadbirkor hokim örinbosarini yoqib yubormoqçi böldi. Sabab nimada?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Unda Yakkaboğ tumani hokimining örinbosari M.Tuymayevni tumandagi tadbirkorlardan biri Bahriddin Isomov, katta kredit evaziga yangi qurilgan ikki qavatli binosini buzmoqçi bölgani bois, benzin sepib qasddan yoqib yuborişga uringani, tadbirkor mahallasida köplab uylar aholiga kompensatsiya tölanmasdan buzilgani xabar qilingan edi.
Keyinçalik, Bahriddin Isomov uşlanib, unga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan. Tuman hokimi örinbosari M.Tuymayev ham egallab turgan lavozimidan böşatilib, unga nisbatan ham JKning tegişli moddalari bilan jinoiy iş oçilgan edi.
Buning ortidan Xorazmning Urganç şahrida ham uylari buzilgan aholining kompensatsiya ololmay 2 oydan beri sarson-sargardon yaşab kelayotgan qismi viloyat hokimligiga keskin noroziligini bildirdi. Boş vazir Abdulla Aripov prezident Mirziyoyev topşiriği bilan Urgançga bordi va kompensatsiya masalasini joyida hal qildi. Yakkaboğdagi tovon puli olmagan fuqarolarga ham 1 mlrd 700 mln söm berildi.
Boş vazir Xorazmda ötkazgan videoselektor majlisida Qaşqadaryo va Xorazm viloyat hokimlariga hayfsan berib, Yakkaboğ tuman hokimi va prokurorini vazifasidan ozod qilgan edi.
Prezident Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalariga bağişlangan selektor yiğilişida kompensatsiya tölamasdan biror tadbirkor va fuqaro mulki buzilişiga yöl qöymaslik böyiça barça darajadagi hokimlarni keskin ogohlantirdi.
















