Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 2 avgust kuni kiçik biznes va tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar tahliliga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uşbu tadbir joriy yil 23 iyul kuni ötgan yiğilişning mantiqiy davomi böldi. Öşanda sohadagi tizimli muammolar çuqur muhokama qilinib, kiçik biznesni qöllab-quvvatlaş va yanada rivojlantiriş böyiça qator vazifalar belgilab berilgan edi. Bu galgi yiğilişda şu boradagi işlar qanday taşkil etilayotgani yuzasidan mutasaddi vazirlik va taşkilot, hududlar rahbarlarining hisobotlari eşitildi. Ular tadbirkorlar taşabbuslarini amalga oşirişga tösqinlik qilayotgan qator muammolarni respublika idoralari aralaşuvisiz, joyida hal qiliş mumkinligini ta'kidladi.
Masalan, yer ajratiş hamda infratuzilmaga ulaniş bilan boğliq masalalar hal etilsa, tadbirkorlarning aksariyat muammosi yeçiladi. Lekin yer ajratiş uçun xulosa beradigan sakkizta idora tomonidan hujjatlarni körib çiqiş muddatlari asossiz ravişda, oylab çözib yuborilmoqda.
Prezident mazkur taşkilotlarning ruxsat berişga oid funksiyasini muvofiqlaştiriş, ulardagi ma'lumotlar bazasini integratsiyalaş orqali bunday “ruxsat beruvçi” idoralar sonini qisqartiriş, bu boradagi tartibni takomillaştiriş zarurligini ta'kidladi.

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga yirik korxonalarning böş turgan obektlari negizida qöşimça kiçik sanoat zonalari taşkil etiş, ularni elektr, suv, gaz, yöl va aloqa kommunikatsiyalari bilan ta'minlaşga ketadigan xarajatlarning 65 foizini respublika budjetidan qoplaş tartibini joriy qiliş vazifasi qöyildi.
23 iyulda bölib ötgan yiğilişda tadbirkorlar mulklarini kompensatsiya tölamasdan buziş va yer maydonlarini olib qöyişga mutlaqo yöl qöyilmasligi belgilangan edi. Davlat rahbari şu masalada boş vazir örinbosari rahbarligida respublika işçi guruhi tuziş, ular joylarga çiqqan holda tadbirkorlarga yetkazilgan zararni xatlovdan ötkazib, bu mablağlarni bozor qiymati asosida tölab beriş zarurligini ta'kidladi.
Joriy yil 5 avgustdan bu boradagi işlarni qat'iy tartib bilan, uç bosqiçda taşkil etiş belgilandi. Birinçi bosqiçda hududiy hokimliklar buzilişiga zarurat tuğilgan joy böyiça materiallar töplamini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Ikkinçi bosqiçda şaharsozlik talablari böyiça Boş vazirning birinçi örinbosari hamda moliyaviy hisob-kitoblar böyiça Boş vazir örinbosari tomonidan xulosa tayyorlanadi. Uçinçi bosqiçda mazkur xulosa körib çiqiş va qaror qabul qiliş uçun Boş vazirga kiritiladi.













