Qaşqadaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasiga qaraşli viloyat köz kasalliklari şifoxonasi uçun viloyat hokimi Z.Ruziyev taşabbusi bilan 1 mlrd 100 mln söm moddiy texnik bazani rivojlantiriş uçun ajratildi. Bu haqda KUN.UZ’ga  viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.


Ma'lumotlarga köra, uşbu mablağlarga tomografiya, fako emulsifikator va lazer apparatlari sotib oliş rejalaştirilgan. Bugun, 1 avgust kuni hindistonlik hamkorlar tomonidan tomografiya uskunasi kelib örnatildi va bemorlarga birinçi asoslangan tomografik taşxis quyildi.


Davlat tibbiyot muassasalari içida mazkur tomografiya apparati faqat Toşkent şahrida va Qaşqadaryo viloyatida mavjud bölib, bu öz örnida bemorlarni töliq tekşiruvdan ötkazadi va asosli taşxislaydi. Taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, uşbu tibbiy uskuna köz kasalliklari böyiça nogironlik guruhlariga çiqişda asosli taşxis qöyadi, u köz tubini töliq körsatib beradi.

Sarvar Anvar öğli,
KUN.UZ muxbiri