O‘zbekiston | 15:53 / 03.08.2019
12871
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida bayonnoma kuchga kirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

2019 yilning 30 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi hukumati o‘rtasida 1994 yil 22 dekabrdagi Xalqaro avtomobil transporti qatnovi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 2018 yil 13 sentyabrda Toshkent shahrida imzolangan bayonnoma kuchga kirdi.

TIV xabariga ko‘ra, bayonnoma mazkur bitimga teng shartlar asosida kelishilgan miqdorda yo‘l yig‘imlari to‘lovisiz yoki yo‘l yig‘imlari to‘lovi bilan ruxsatnoma blankalarini o‘zaro taqdim qilishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida ishlab chiqilgan.

Bayonnoma transport sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga imkon beradi, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun yangi istiqbollari ochadi hamda o‘zaro manfaat asosida Belarus Respublikasi hududi orqali Yevropa ittifoqi bilan eksport-import yuklarini tashishda O‘zbekiston yuk tashuvchilari ishtirokini oshirish uchun sharoitlar yaratadi.

Mavzuga oid