Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
S7 aviakompaniyasi Sibirda 1 millionta daraxt o‘tqazish uchun mablag‘ yig‘ishni boshladi
Rossiyaning kattaligi bo‘yicha «Aeroflot»dan keyin ikkinchi hisoblanuvchi S7 Airlines aviakompaniyasi Sibirdagi o‘rmon massivini qayta to‘ldirish uchun tashabbusni boshladi. Uning maqsadi — 1 millionta daraxt o‘tkazish uchun mablag‘ to‘plash, deb xabar bermoqda aviatashuvchining «Feysbuk»dagi sahifasi.
S7 Airlines Sibirdagi yo‘nalishlar bo‘yicha aviakompaniya sayti yoki mobil ilovasi orqali sotilgan har bir chiptadan daraxt o‘tqazish uchun 100 rubl o‘tkazib beradi. Kompaniya saytida ham 100 rubldan boshlab istalgan summani xayriya qilish imkoniyati yaratilgan.
Bu yo‘lda S7 Airlines o‘zining avvalgi nomi — «Sibir» aviakompaniyasi» brendini vaqtincha o‘ziga qaytargan. Faqat aytilayotgan summa yig‘ilganidan so‘ng ular S7 Airlines brendiga qaytishmoqchi.

«Sibir — aviakompaniyamiz vatani. Biz hududdagi ekologik muammolardan chetda turolmaymiz. O‘rmon yong‘inlari 3 million gektardan ortiq maydonni qamrab oldi. Umid qilamizki, vaziyat tez orada o‘zgaradi. Lekin yangi o‘rmonlar yaratish va ularni himoya qilish bo‘yicha ishlarni qo‘llab-quvvatlash lozim deb hisoblaymiz», — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Loyiha hamkori «EKA» ekologik jamoatchilik tashkiloti tomonidan asos solingan «Daraxt o‘tqaz» («Posadi les») o‘rmonni qayta tiklash xizmatidir. «Posadi les» yong‘inlardan zarar ko‘rgan hududlarni tiklash marafonini boshlagan. Unda 1 sentyabrgacha ishtirok etish mumkin. To‘plangan pullar Irkutsk oblastida daraxt o‘tkazish uchun sarflanadi.
Ayni paytda o‘rmon yong‘inlari tufayli Irkutsk oblasti va Krasnoyarsk o‘lkasi butun hududida, shuningdek, Yoqutiston va Buryatiyaning bir munitsipal rayonida favqulodda holat e'lon qilingan.
Mavzuga oid
18:47 / 19.11.2025
Sibir daryolarini Orolga burish. Bu qanchalik imkonli ish?
18:25 / 14.11.2025
Rossiyada Ob daryosi suvini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyati o‘rganiladi
07:47 / 30.07.2025
Ural va Sibirda internet ishida ommaviy uzilishlar yuz berdi
17:37 / 01.06.2025