Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Honduras prezidenti og‘ufurushlarni himoyalashda ayblandi – OAV
Foto: AFP 2019 / RODRIGO ARANGUA
Nyu-York federal prokurorlari Honduras prezidenti Xuan Orlando Ernandesni go‘yoki u o‘z ukasi va mamlakatdagi boshqa siyosatchilar bilan birga og‘ufurushlarni himoyalash maqsadidagi til biriktirishda ishtirok etayotganlikda ayblashdi. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, prokurorlar tomonidan ilgari surilayotgan ayblovlar Honduras prezidenti ukasi, AQShda sudlanishi kutilayotgan Xuan Antonio Ernandesga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish tafsilotlari keltirilgan sud hujjatlarida bayon etilgan. Ta'kidlanishicha, Honduras prezidentining ukasi ushbu hujjatlarda “ko‘p tonnalik” giyohvand moddalar partiyasi bilan ishlovchi og‘ufurush deb atalgan.
Prokurorlarning fikricha, giyohvand moddalar aylanmasidan noqonuniy olingan 1,5 mln dollar go‘yoki Ernandesni 2013 yilda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari davomida qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilgan. Hujjatga ko‘ra, “sobiq gonduraslik amaldor va og‘ufurush” hisoblangan guvoh mahalliy siyosatchilarga “Ernandes kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun” pora va sovg‘alar berilganini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, Honduras prezidenti unga qo‘yilayotgan ayblovlarni qat'iyan rad etmoqda. Ta'kidlash joiz, Oq uy va AQSh davlat departamentida Ernandesning kokain aylanmasiga qarshi va qotilliklar soni pasayishidagi xizmatlari alohida qayd etib o‘tilgan.
Mavzuga oid
11:56 / 25.12.2025
Toshkentda giyohvand moddalar savdosi uchun tashkil etilgan Telegram-bot fosh etildi
11:58 / 17.12.2025
Buxoroda 4,7 kg “opiy” musodara qilindi
18:15 / 06.12.2025
Markaziy Osiyo davlatlari giyohvand moddalarga qarshi kurashda birdamlik kuchaytiradi
10:30 / 27.11.2025