Özbekiston prezidentining «Fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining mulk huquqi kafolatlanişini sözsiz ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi F-5491 farmoyişi qabul qilindi.
Farmoyişda belgilanişiça, yer uçastkalari noqonuniy olib qöyilganligi munosabati bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uçun mansabdor şaxslarning javobgarligini kuçaytiriş yuzasidan qonun loyihasi işlab çiqiladi.
Farmoyişga köra, 2019 yil 5 avgustdan boşlab fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining yer uçastkalarini olib qöyiş hamda köçmas mulk obektlarini buziş işlari quyidagiça 3 bosqiçda amalga oşiriladi:
· hokimlar tomonidan buzilişi rejalaştirilgan hudud böyiça materiallar töplami Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
· Vazirlar Mahkamasida şaharsozlik talablari böyiça va moliyaviy hisob-kitoblar böyiça xulosalar tayyorlanadi;
· xulosa boş vazirga körib çiqiş va qaror qabul qiliş uçun kiritiladi.
Şuningdek, prezident farmoyişi bilan quyidagilar tasdiqlangan:
· yer uçastkalari olib qöyilişi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlariga yetkazilgan zarar miqdorini xatlovdan ötkaziş böyiça respublika muvofiqlaştiruvçi işçi guruhi va hududiy işçi guruhlar tarkibi;
· xatlovdan ötkazişga kömaklaşiş uçun hududlarga biriktiriladigan mas'ullar röyxati;
· xatlovdan ötkaziş hamda ularni qoplaşda yöl qöyilayotgan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça «yöl xaritasi» tasdiqlandi.
Respublika muvofiqlaştiruvçi işçi guruhi rahbari etib boş vazir örinbosari — moliya vaziri J.Qöçqorov tayinlangan.
Şuningdek, hisob palatasi raisining örinbosari M.Abdullayev, boş prokuror örinbosari S.Saidkarimov, iqtisodiyot va sanoat vaziri B.Xöjayev, quriliş vazirining birinçi örinbosari B.Zokirov, adliya vaziri örinbosari X.Meliyev, davlat soliq qömitasi raisi B.Musayev, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi raisi A.Abdullayev, davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori A.Haydarov, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça markazi direktori D.Ziyomuhammedova, Prezidentning davlat xavfsizligi xizmati mas'ul xodimi T.Niyozov, davlat xavfsizlik xizmati mas'ul xodimi R.Tursunov işçi guruh tarkibiga kiritilgan.

















