Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: 2012 yildan beri O‘zbekistonning 1500 fuqarosi terrorchilik guruhlariga qo‘shilgan
Suriya shimoli-sharqida olti oy davomida MDH mamlakatlarining 2000ga yaqin fuqarosi qo‘lga olingan. 2019 yil boshidan beri ularning 524 nafari - deyarli barchasi ayollar va bolalar - Qozog‘istonga, 156 nafari O‘zbekistonga va 84 nafari Tojikistonga qaytarilgan. Biroq, Markaziy Osiyodan Suriya hamda Afg‘onistonga chet ellik terrorchi jangarilar oqimi to‘xtamayapti.
Bu haqda BMT bosh kotibining IShID tomonidan xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishi haqidagi yangi hisobotida aytilgan. Unda ta'kidlanishicha, 2012 yildan beri Tojikiston va O‘zbekistonning har biridan 1500ga yaqin fuqarolar terrorchilik guruhlariga qo‘shilgan.
«Mintaqa davlatlari yangi jangarilar va terrorchilar tarafdorlari paydo bo‘layotganidan xavotirda, ular yollanyapti va o‘z mamlakatlarida qolish haqida buyruq olyapti. 2019 yilda mintaqada maxsus xizmatlar tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma amaliyot natijasida IShIDning 26 a'zosi hibsga olindi, ularning ba'zilari qaytgan shaxslar edi», - deyiladi bosh kotib hisobotida.
Unda xabar qilinishicha, terrorizmni targ‘ib qiluvchi materiallar internetda Markaziy Osiyo davlatlari tillarida tarqatilmoqda, bu ularning aholisini yollash hamda mintaqa mamlakatlarida IShIDning yashirin bo‘linmalarini yaratishda yordam bermoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
18:27 / 14.07.2026
BMT Farg‘ona vodiysini zilzila xavfi yuqori hududlar qatoriga kiritdi
13:26 / 14.07.2026
Urushlar, og‘ir qarz yuklari, valutalar zaiflashuvi, tengsizlik va azob – Guterrish bugungi dunyo haqida nutq so‘zladi
10:55 / 14.07.2026