Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Almazbek Atamboyev 26 avgustgacha hibsga olindi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev 26 avgustgacha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasida saqlanadi. Bu haqda 24.kg’ga uning advokati Sergey Slesarev xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bishkekning Pervomayskiy tumani sudyasi Adilbek Subankulov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga chaqirilib, u yerda zudlik bilan sud majlisi o‘tkazgan. Sud Atamboyevni 26 avgustgacha hibsga olish haqida qaror chiqardi - tergov tadbirlari o‘tkaziladigan vaqt davomida.
«Hech kim qo‘lga olish, shu jumladan, majburiy ravishda keltirish to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etmadi. Ular bugun taqdim etilishini va'da qilishdi. Hujjatlar Aziz Batukayev ishi bo‘yicha gumon qilinganlik haqidagi bildirishnoma topshirilishidan oldin tayyorlanganiga hech kim munosabat bildirmadi. Mening mijozimga ushbu bildirishnoma berildi va darhol ehtiyot chorasi qo‘llanildi», - dedi Sergey Slesarev.
Bundan oldin, Atamboyev huquq-tartibot organlariga taslim bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026