Kun.uz saytiga maktub yöllagan navbatdagi muxlisimizning yozganlari köpçilik uçun qiziq tuyulişi tabiiy. Ilhomjon Kenjyebayev akasi öz baxtini uzoq Xitoy davlatidan topgani haqida maktub yöllaganidan söng Çin yurtiga kuyov bölgan Murodjon bilan boğlandik.
– Murodjon, taqdiringiz Çin davlatiga boğlaniş tarixini sözlab bersangiz?
– Biz Guliston şahridagi Uluğobod mahallasida yaşaymiz. Xitoyga borib öqiş menga bolalikdan orzu edi. Sababi, Xitoy juda ulkan, dunyoda yetakçi davlatlardan biri, men oddiy işçi oilasida tavvalud topganman, otam ertalabdan keçgaça işda bölar, onam esa uy bekasi edi. Yoşlikdan kitob öqişni juda yoqtirardim. Menga Muhammad Alining “Men körgan Amerika” asari juda yoqqandi. 17 yoşimda Rossiyaga borib işlaşga qaror qildim, u yerda salkam 3 yil yurib yaxşi-yomonni tanidim. Keyin jamğargan mablağimga Xitoyda öqişga qaror qildim va Guançjou şahriga keldim. Guangdong University Of Foreign Studies OTMda 2014 yildan 2016 yozigaça xitoy tili böyiça öqidim.
Xitoyda öqişga kiriş uçun avvalambor jiddiy imtihon topşiriş kerak edi. Xitoy tili juda murakkab, keyinçalik aniq bir sohani tanlaş kerak edi. 2016 yili Xitoy hukumatining stipendiya taqdim etiluvçi tanlovida qatnaşib, arab tili yönalişi böyiça ğolib böldim. Rostini aytsam, bu juda qiyin keçdi, xitoylik talabalar bilan birgalikda xitoy tili orqali arab tili öqişni boşladim. Fakultetimiz faqat til örganiş bilan boğliq va men arab tilini xitoyliklar bilan birga örgangan birinçi çet ellik böldim.
Darsdan böş vaqtlarimda sport bilan şuğullanişni xuş körardim. Bölajak turmuş örtoğim Li Ting (李婷) bilan ham 2015 yilda sport zalida tanişganmiz. Öşanda u birinçi kurs talabasi edi. Köp tanişlarim ayoling uyğurmi, deb söraşadi. Yöq, u Xitoyning xanzu millatiga mansub. Xanzular yoki xanlar bu davlatning asosiy millati hisoblanadi. Şu davragaça bir-birimizni sinadik. Insonni qiyinçiliklarda bilib olsa böladi. Talabalik hayoti oson emas, öqiş uçun uydagilarga oğirligimiz tuşmasin deb, u bilan birga tarjimonlik qilganmiz, iş qidirganmiz. Vaqt ötişi bilan bir-birimizga juda yaqin bölib qoldik. Mana, taqdirimiz qöşilgan ekan, şu yilning 1 avgust kuni töyimiz bölib ötdi. Hozir hammamiz xursandmiz.

– Ota-onangiz Xitoydan kelin olib kelişga qarşilik qilişmadimi? Harqalay juda uzoq davlat, boşqa din, boşqa madaniyat...
– Har bir ota-ona öz farzandining boşini qovuştirişda ming martalab öylanadi. Dadam rozilik berganlaridan keyin ham onam könmayroq turdi. Birgalikda bu rozilikni uç yil kutdik. Men Li Tingni özim bilan birga olib kelib taniştirdim, şaroitimizni boriça körsatdim. U barça şartlarini tuşungan holda dinimizni qabul qildi. Şundan keyin har ikki tomonning roziligi bilan töy bölib ötdi. Endi, uzoqligiga kelsak, hozir dunyoning istalgan çekkasiga yetib boriş imkoniyati bor. Fikrimça, inson öz baxti uçun masofadan qörqmasligi lozim.















